Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasiga tayanib bergan bayonotiga ko‘ra, Xitoy rasmiy idoralari 2020 yil 11 yanvar kuni Uxan shahrida korona virusning yangi tipidan vafot etgan birinchi fuqaro haqida xabar berdi. Uxan shahri sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tarqatgan ma’lumotga binoan, bugungi kunda 40 dan oshiq kishi kasallangan, yana yuzga yaqin kishi tibbiy kuzatuv ostida.
Kasallik tarqatuvchisi “korona virusning avval ma’lum bo‘lmagan tipi” hisoblanadi. Olimlar tomonidan virus genomi o‘rganib chiqildi.
Elchixona Konsullik bo‘limi Uxan shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan tushuntirish ishlari o‘tkazdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy, xususan uning Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida bo‘lib turgan yoki bormoqchi bo‘lgan vatandoshlarimizni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi