Foto: Tergov departamenti
Joriy yilning 9 yanvar kuni soat 02:25larda muqaddam sudlangan 23 yoshli X.U. qo‘shma korxonada o‘zi bilan birga ishlab kelayotgan tanishi 25 yoshli Sh.N. bilan o‘zaro tortishib qolib, yonidagi pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, X.U. jabrlanuvchining ko‘krak qafasi orqa yuzasiga bir necha marotaba zarba bergan.
Dastlabki tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, Sh.N.ning tanasida «chap tomon ko‘krak qafasiga teshib kirgan jarohati» borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin