4 284
Toshkentga olib kelingan tez tibbiy yordam uchun 150 ta Ford qaysi mablag‘dan xarid qilindi?
Toshkentda tez tibbiy yordam uchun 150 ta Ford rusumidagi zamonaviy reanimobillar topshirilgani haqida xabar berilgan edi. RSHTYOIMning Toshkent shahar Tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Sirojiddin Hayitmetov «Kun.uz» bilan suhbatda ushbu reanomobillarning qaysi mablag‘ hisobidan xarid qilingani haqida gapirdi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 oktabrdagi ‘O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi qarori asosida tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy ko‘maklashish va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan ‘Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi’ tashkil etilgan. Loyiha asosan shu jamg‘arma tomonidan moliyalashtirildi».
Nega aynan Ford rusumidagi reanimobillar tanlangani haqidagi savolga Sirojiddin Hayitmetov quyidagicha javob beradi:
«Dastlab Ford rusumli avtomashina tanlanishidan oldin jahon tajribasi o‘rganib chiqildi. Hatto Yevropaning ko‘plab davlatlarida bu avtomashinadan foydalaniladi. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida TTYO xizmati uchun ajratilgan transport vositalari ustunligi va kamchiliklari, TTYO xodimlari va bemorlar uchun qulayliklari (kengligi, balandligi, yumshoqligi) yoqilg‘i turi, yoqilg‘i sarfi va bizning iqlim sharoitimizga to‘g‘ri kelishi kabi bir qator parametrlari bo‘yicha solishtirildi va aynan shu reanimobillar ma’qul deb topildi».
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyiha samarasi o‘rganilgan holda 2020—2021 yillarda respublikaning barcha hududlaridagi Damas sanitar tez tibbiy yordam avtomashinalari bosqichma-bosqich almashtirilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi