Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga muvofiq, notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekistonning 10 dan ortiq qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalarini olish chog‘idagi ipoteka va garov to‘g‘risidagi shartnomalarning notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi.
Shuningdek, “Notariat to‘g‘risida”gi Qonun xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius, notarial palataga oid normalar bilan to‘ldirildi.
Jumladan, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius:
– yuridik shaxs tashkil etmagan holda o‘z idorasiga ega bo‘lishga,
– bank hisobvarag‘i va boshqa shaxsiy hisobvaraqlar ochishga,
– mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishga hamda majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishga,
– xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga,
– sudda o‘z nomidan ishtirok etishga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.
Notarial palata xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi barcha notariuslarning a’zoligiga asoslangan notijorat tashkilot hisoblanadi.
Bundan tashqari, amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxatiga xususiy notarial faoliyat ham kiritildi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi