Foto: Joomart Uraimov
So‘nggi besh yil ichida Qirg‘iziston fuqaroligini asosan O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiyadan kelganlar qabul qilishdi, deya xabar bermoqda OAV Qirg‘iziston Respublikasi Davlat ro‘yxatga olish xizmatiga asoslanib.
Davlat fuqaroligini olish to‘g‘risidagi hujjatni Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti imzolaydi. Oxirgi marta hujjat 2019 yil 30 dekabrda imzolangan va unga ko‘ra 978 kishi Qirg‘iziston fuqaroligini olgan.
Tahliliy ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, 2015 yildan beri 22 456 kishi Qirg‘iziston fuqaroligini olgan. Ularning aksariyati, ya’ni 82 foizi, etnik qirg‘izlardir.
Ta’kidlanishicha, 2015-2018 yillarda asosan O‘zbekiston fuqarolari qirg‘iz fuqaroligini olgan. 2019 yilda esa ko‘proq Tojikiston fuqarolari Qirg‘iziston fuqaroligiga ega bo‘ldi.
So‘nggi besh yil ichida 12 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qirg‘iz fuqaroligini oldi. (2015 yilda 4 470 kishi, 2016 yilda 3 401 kishi, 2017 yilda 2 341 kishi, 2018 yilda 1 212 kishi, 2019 yil 10 oyi davomida 887 kishi).
Qayd etilishicha, mamlakat fuqaroligini Ukraina, Moldova, Pokiston, Xitoy, Turkiya va Misr fuqarolari ham olgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti