Foto: «M.123ru.net»
Syurix, Bazel va Lozanna dunyodagi eng qimmat shaharlar deb topildi. Bu haqda yanvarda yashash qiymati indeksi bo‘yicha chop etilgan «Numbeo» ma’lumotlar bazasida ma’lum qilindi.
Reytingdagi to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni ham Shveysariya shaharlari egalladi — Jeneva va Byorn. Ulardan so‘ng Stavanger, Oslo, Tronxeym (Norvegiya), Reykyavik (Islandiya) va Bergen (Norvegiya) o‘ntalikka kiritildi.
Reytingga jami 440 ta shahar kiritilgan. Yashash qiymatini baholashda restoran va do‘konlardagi narx-navolar, transport va kommunal xizmatlarga ketadigan xarajatlar, shuningdek, aholining xarid qobiliyati hisobga olingan. Turar joy sotib olish va ijara alohida hisoblanadi.
AQSH poytaxti 17-o‘rinda, lekin mamlakatning eng qimmat shahri Nyu-York ekan: 11-o‘rin.
Rossiyaning eng qimmat shahri — Moskva 251-o‘rindan joy oldi. Sankt-Peterburg esa — 284-o‘rinda.
Shuningdek, reytingda Tokio (18-o‘rin), Seul (23-o‘rin), Parij (24-o‘rin), London (28-o‘rin), Dubay (152-o‘rin), Berlin (171-o‘rin), Bog‘dod (283-o‘rin), Istanbul (325-o‘rin), Anqara (362-o‘rin), Izmir (377-o‘rin) va boshqa shaharlar qayd etilgan. Reyting bilan to‘liq «Numbeo»da tanishishingiz mumkin.
Qo‘shnilarimizdan faqat Qozog‘istonning Nursulton (386), Olmaota (389) hamda Qirg‘istonning Bishkek (410) shaharlari kiritilgan.
Toshkent reytingga kiritilgan 440 ta shahar orasida 413-o‘rindan joy olgan. O‘zbekiston poytaxtidan keyin Hindistonning 24 ta va Pokistonning 3 ta shahri reytingga yakun yasab bergan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi