Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB YPX 3-otryadi 2-safarbarlik guruhi yo‘l patrul xizmati katta inspektori A.Haqberdiyev xizmat taqsimotiga ko‘ra 2020 yil 18 yanvar kuni soat 04:10larda, Koson tumani bo‘ylab xizmat olib borgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, inspektor shu jarayonda “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovchisini o‘rnatilgan tartibda to‘xtatib, avtomashinani ko‘zdan kechirish jarayonida haydovchi X.S. transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurganligini aniqlab, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirgan.
Muloqot jarayonida haydovchi X.S. javobgarlikdan qochish maqsadida YPX katta inspektori A.Haqberdiyevga 2 million so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.
Xodimning bildirgisiga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shu kuni soat 16:00larda fuqaro X.S. YPX katta inspektori A.Haqberdiyevga 950 ming so‘m va 100 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi