
Qarshi davlat universitetida o‘tkazilgan o‘quv seminarida Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Qashqadaryo “Hududgaz” MCHJ, Qashqadaryo XET, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasi va boshqa kommunal sohaga aloqador tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda qatnashgan Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining o‘qituvchi va talabalariga iste’molchi sifatida bilishlari zarur bo‘lgan ma’lumotlar, qonunchilikdagi va sohalarga tatbiq etilayotgan yangiliklar, kelgusidagi rejalar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
O‘quv seminari savol-javob tarzida davom ettirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar