Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekistondagi bank kassalari orqali o‘rtacha oylik naqd pul aylanmasi 23,9 trillion so‘mni va yil bo‘yicha jami 287,1 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu 2017 yilga nisbatan 3,4 barobarga va 2018 yilga nisbatan 1,7 barobarga ko‘pdir.
Muomalaga chiqarilgan naqd pullarning qaytuvchanlik koeffitsiyenti 2017 yilda 86,6 foizni, 2018 yilda 96,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 98,7 foizgacha ko‘tarilgan.
Xususan, 2019 yilda banklar orqali olingan naqd pullar hajmi 68,4 foizga ko‘paygan bo‘lsa, kelib tushgan naqd pul mablag‘lari hajmi 71,6 foizga oshgan.
Natijada muomaladagi naqd pullar miqdorining o‘sishi 2019 yilda 9,4 foizni tashkil etib, 2018 yil (14 foiz) va 2017 yillarga (47,2 foiz)ga nisbatan sekinlashgan.
2017 yilda oylik bank tushumlarining muomaladagi naqd pullarga nisbati 18,6 foiz bo‘lgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2018 yilda 31,7 foizga va 2019 yilda 46,6 foizga (jumladan, dekabr oyida 60,4 foizga) yetgan.
«Mazkur tendensiya naqdsiz hisob-kitoblarning yangi instrumentlari va mexanizmlarining joriy etib borilishi, valyuta bozorining tobora erkinlashuvi va bankomatlar tarmog‘ining kengayishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar orqali izohlanadi», — deyiladi Markaziy bank xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi