Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida sud-huquq sohasiga oid masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
«Endi sud orqali insonlarning huquqi tiklanganini e’tirof etish bilan cheklanib qolmasdan, nima sababdan sudgacha bo‘lgan tergov jarayonida inson huquq va erkinliklari buzilgan, degan savolni ham ko‘ndalang qo‘yadigan, tazyiqlar uchun javob beradigan vaqt keldi.
Eski tuzumdan qolgan va hanuz davom etayotgan sud qarorlarini prokuratura tomonidan chaqirib olib, o‘rganish amaliyotini cheklash lozim.
Endi faqat ish yuzasidan shikoyat kelib tushgan holdagina prokuror sud qarorini olib o‘rganishi mumkin», – dedi davlat rahbari.
Prezidentning ta’kidlashicha, sud raislari tomonidan sudyalarning faoliyatini baholash va ularga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atish bo‘yicha vakolatlarni qayta ko‘rib chiqish kerak.
«Davlat idoralari mansabdorlari shuni chuqur anglab olsinlar: sudlar mustaqilligini ta’minlash masalasi bundan buyon ham shaxsan Prezidentning qattiq nazoratida bo‘ladi.
Sud ostonasiga qadam qo‘ygan har bir inson O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga to‘la ishonch hosil qilishi kerak.
Aks holda, buyuk nemis faylasufi Immanuil Kant aytganidek, «adolat yo‘qolgan paytda hayotning qadrini belgilaydigan boshqa hech narsa qolmaydi».
Bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. O‘zbekistonda sudyalar qonunlarning tolmas himoyachilari, adolatning mustahkam ustunlari bo‘lishi kerak», – dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi