Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar, juma kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida pedagogik ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati uch yil etib belgilanishini ma’lum qilgandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, pedagogik oliy ta’lim muassasalarida 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati uch yil etib belgilanishi rejalashtirilgan.
2020/2021-o‘quv yilidan o‘qish muddati uch yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik ta’lim sohasining ta’lim yo‘nalishlari:
- Musiqa ta’limi;
- Jismoniy madaniyat;
- Texnologik ta’lim;
- Chaqiriqqacha harbiy ta’lim;
- Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
- Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport.
Ta’kidlanishicha, ushbu o‘zgarish ayni paytda o‘qishni boshlaganlar uchun tatbiq etilmaydi. O‘quvni ushbu shaklda tashkil etish, to‘lov-kontrakt summasi hamda o‘quv-dars rejasini tuzish ishlari hali yakunlanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi