Turistik qidiruv xizmati tahlilchilari O‘zbekiston—Xitoy va Xitoy—O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarning oldindan buyurtma qilinishini o‘rganib chiqdi. O‘rganish natijalarida Xitoyga bo‘lgan talab 3 barobar pasaygani, O‘zbekiston yo‘nalishiga bo‘lgan talab esa aksincha, 5 marta oshgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, Xitoy o‘zbekistonliklar eng ko‘p boradigan mamlakatlardan biridir. Dekabr oyida bu mamlakat Janubiy Koreya va BAAdan so‘ng 8-o‘rinni egallagan bo‘lsa, yanvar oyiga kelib 11-o‘ringa tushgan.
Shu bilan birga, mutaxassislar Xitoy—O‘zbekiston reyslariga bo‘lgan talab 5 marta oshganini qayd etgan. Avichiptalar Shanxay, Pekin, Urumchi va Nanchan kabi shaharlardan eng ko‘p bron qilingan.
Avvalroq O‘zbekiston koronavirus tufayli xitoylik sayyohlarning bir qismini yo‘qotishi mumkinligi xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin!
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film