date
views 3 017

Ekologlar iliq qish sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aytishdi

Ekologlar iliq qish sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aytishdi
Qorsiz qish, har qanday ob-havo anomaliyasi kabi qishda qor yog‘ishi odatiy bo‘lgan mintaqalardagi o‘simlik va hayvonot dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bu haqda Finlyandiyaning Allergiya va Janubiy Kareliya atrof-muhit instituti direktori Kimmo Saarinen aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Yle”.

Ekolog bunga chivinlarni misol qilib keltirdi: ular qor erigan paytda hosil bo‘lgan ko‘lmaklarda ko‘payishadi, bu degani agar qishda qor yog‘masa, hasharotlarning nasl qoldirishi qiyin bo‘ladi. To‘g‘ri, bu sayohat va tabiat qo‘ynida dam olishni yanada qulay qiladi. Ammo shu o‘rinda butun ekotizimga salbiy ta’sir ko‘rsatadi — qushlar yetarlicha oziq-ovqatga ega bo‘lmay qoladi.

Bundan tashqari, qishda sodir bo‘layotgan g‘ayritabiiy ob-havo, olimning so‘zlariga ko‘ra, yozda pishadigan mevalarning yomon hosiliga olib kelishi mumkin ekan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ekologlar iliq qish sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aytishdi