Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida toshdan oltin moddasi ajratish sexi faoliyati fosh etildi.
«Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi hamda tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan hamkorlikda, Paxtachi tuman Sohilbo‘yi ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.Q. va boshqalar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasiga qarashli «Qoraqo‘ton» tog‘ tizmasidagi maxsus hududdan yashirin ravishda tarkibida qimmatbaho oltin moddasi bo‘lgan tosh xom ashyosini o‘g‘irlik yo‘li bilan kavlab olib, «I.E» MCHJ.ga qarashli issiqxonada yashirin sex tashkil qilib, tosh mahsulotlarini qayta ishlash orqali oltin moddasini ajratib olish faoliyati bilan shug‘ullanib kelganliklari aniqlanib, ulardan 445 kg. tog‘ toshlari, 666 kg. qum hamda tog‘ jinslarini bo‘laklash va maydalashga mo‘ljallangan qo‘lbola usulda yasalgan tegirmon va boshqa jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan qum va toshlarning tarkibida ma’lum miqdorda oltin moddasi mavjudligi aniqlanib, ularning umumiy qiymati 12,2 mln so‘mni tashkil etgan», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Mazkur holat yuzasidan J.Q. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film