Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorlikda tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash va fosh etishga qaratilgan tezkor tadbir jarayonida Pastdarg‘om tumani “Chortut” mahallasida 8,6 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etgan fuqaro S.Xojimatov “Turkman” mahallasi hududiga o‘tuvchi 133 diametrli o‘rta bosimli gaz quvuriga pinhona ravishda (yer ostidagi qazilma orqali) noqonuniy ulanib va issiqxonaga quvur o‘tkazib foydalanib kelgan.
Tergovga qadar tekshirish davomida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirkorning noqonuniy harakatlari oqibatida davlat manfaatlariga qariyb 174 mln. 878 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Byuroning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan fuqaro S.Xojimatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘zganing mol-mulkini juda ko‘p miqdorda talon-taroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi tuman prokuraturasiga yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?