O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xitoyga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi va ulardan ushbu mamlakatga bormaslikni so‘radi.
«O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bergan ma’lumotga binoan Xitoy Xalq Respublikasi hukumati ko‘rayotgan qat’iy choralarga qaramasdan koronavirusning yangi shakli (2019-nCoV) tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Virusni yuqtirganlar soni 6 mingdan ko‘proqni tashkil qilib, kasallikdan vafot etganlar soni esa 130 nafardan oshdi. Bundan tashqari kasalga chalinganlar qator boshqa davlatlarda ham aniqlandi.
O‘zbekistonning Xitoydagi Elchixonasi va Bosh konsulxonasi Uxan shahri va karantin joriy qilingan boshqa shaharlardagi hamyurtlarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi hamda markaziy va mahalliy hukumat idoralari bilan birgalikda yuzaga kelayotgan muammolar, shu qatorda maishiy masalalarni tezkorlik bilan hal qilmoqdalar.
Vatandoshlarimizning sog‘lig‘iga bo‘lgan ehtimoliy xavf-xatarlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston fuqarolariga Xitoyga xizmat, turistik va boshqa maqsadlarda tashrif buyurishdan tiyilib turishlari qat’iy tavsiya etiladi.
Yanvar oyida Uxan shahridan vatanga qaytib kelgan o‘zbekistonlik talabalar zudlik bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga +998909882330 (direktor o‘rinbosari B. Qurbonov), +998972755074 (bosh mutaxassis F. Qurbonbekov) telefon raqamlari orqali bog‘lanishlari zarur.
Tashqi ishlar vazirligi Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatimizning Pekin shahridagi elchixonasiga +86 135 1102-4242 (Bobur Yaxyayev), +86 139 1175-4476 (Shuhrat Umirov) telefon raqamlari orqali hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga +86 131 2255-5772 (Aziz Ulug‘bekov) telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi», deyilgan TIV xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi