Barchaga ma’lumki, piyoda va avtomashinalarda yurishning ham o‘ziga yarasha qoidalari bor. Bilasiz hozirgi kunda transport vositalari sezilarli darajada ko‘paygan. Shu bilan birga yo‘l-transport hodisalari va talofotlar ham ortmoqda. Bu esa ham haydovchi, ham piyodaga qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi.
Xo‘sh, yo‘lda inspektor va haydovchi o‘rtasidagi munosabatlar qanday bo‘lishi kerak va ularning qanday haq-huquqlari bor?
Avvalo, yo‘l harakati qatnashchilari quyidagi huquqlarga ega:
- YPX xodimi tomonidan to‘xtatilganda to‘xtatish asoslarini, qoidalarning qaysi bandini buzganligi to‘g‘risida tushuntirish berilishini talab qilish;
- transport vositasini to‘xtatgan xodimdan o‘zini tanishtirishini, xizmat guvohnomasini ko‘rsatishini va ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilishini talab qilish;
- xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik;
- YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, transport vositasi kabinasidan chiqmasdan, YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatga kirishish;
- sodir etgan qoidabuzarligi qayd etilgan maxsus moslama natijalari bilan tanishish;
- huquqbuzarlik holatini aniqlashda foydalanilgan maxsus vositalarning qiyoslash sertifikatlarini ko‘rsatishni talab qilish;
- huquqbuzarlik holati yuzasidan tushuntirishlar berish;
- asossiz to‘xtatib turilmasligini talab qilish;
- YPX xodimi tomonidan transport vositasini yoki undagi yukni tashqi ko‘zdan kechirish jarayonida ishtirok etish;
- o‘zi to‘xtatilgan hududda YPX xodimi xizmat olib borishi mumkinligi haqidagi dislokatsiya ko‘chirmasi bilan shu joyning o‘zida tanishish yoki maxsus tadbirlar o‘tkazilayotganligi haqida markaziy axborot-dispetcherlik xizmati - axborot-dispetcherlik xizmatidan ma’lumot olish;
- huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng YPX xodimining dislokatsiyasi saqlanayotgan saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘idan dislokatsiya haqida yozma ma’lumot berishni talab qilish;
- o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish hujjatlari bilan tanishish, ulardan o‘z hisobidan nusxa ko‘chirish yoki ularni fotosuratga olish;
- YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma hamda chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs)ga yoki sudga shikoyat qilish;
- o‘zi guvohi bo‘lgan hodisa haqida YPX xodimiga haqqoniy ma’lumotni bayon qilish. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi