
Foto: «Arendasamoleta.com»
Styuardessa Jamila Xardvik samolyotdagi ko‘tarma stol yo‘lovchilar sog‘ligiga xavf solishidan ogohlantirdi. Bu haqda «Lenta»ga asoslanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.
Buni qarangki, stolcha layner salonidagi eng iflos joylardan biri hisoblanar ekan. Chunki uning yuzasi har doim ham toza bo‘lavermaydi.
«Bu yoqimsiz holat, lekin har bir stolni tozalashga farroshning vaqti yetmaydi», — deb izohlaydi styuardessa.
Shuningdek, u yo‘lovchilarga doimo yonida antibakterial salfetka olib yurishni va stoldan foydalanishdan oldin uni yaxshilab artishni tavsiya etadi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘tarma stol yuzasidagi bakterial ifloslanishlar darajasi 11 ming birlikdan oshib ketadi. Bu ularni hojatxonada oqizish tugmasidan keyin samolyotdagi ikkinchi eng iflos joyga aylantiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar