Foto: EPA
O‘zbekiston hukumati Xitoyga safarlarni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida topshiriq berdi. Bu haqdagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.
«O‘zbekiston hukumati koronavirus epidemiyasi rasman bartaraf etilmagunicha Xitoyga safarlarni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida topshiriq berdi», deyiladi xabarlarda.
31 yanvar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2019-nCoV koronavirusining tarqalishini xalqaro darajadagi tibbiy favqulodda holat deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda virusdan zararlanish oqibatida kamida 213 kishi halok bo‘lgan, qariyb 10 ming kishi virusni yuqtirib olgan. JSST ma’lumotiga ko‘ra, Xitoydan boshqa yana 18 davlatda jami 98 nafar bemor aniqlangan, ammo Xitoydan tashqarida o‘lim holatlari kuzatilmagan.
Ayni vaqtda xavfli koronavirus Rossiya va Buyuk Britaniya hududiga ham yetib kelgan.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda koronavirus o‘chog‘i bo‘lmish Uxan shahrida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi?
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi