date
views 3 235

Fuqaro nima uchun o‘zini yoqib yuborgani sabablari o‘rganilmoqda

Fuqaro nima uchun o‘zini yoqib yuborgani sabablari o‘rganilmoqda
Xabaringiz bor, Andijon tumanida Majburiy ijro byurosi xodimlari o‘z vakolati doirasidagi vazifani bajarayotgan paytda yuzaga kelgan kelishmovchilik tufayli fuqaro o‘ziga o‘t qo‘yib, jabrlangan. Ushbu holat bo‘yicha majburiy ijro byurosining Andijon viloyati boshqarmasi ommaviy axborot vositalari, Axborot xizmati xodimlari va blogerlar uchun Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Kamoliddin Zulfiyevning ma’lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosining Andijon tumani bo‘limi xodimlari tomonidan ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 2019 yil 17 yanvar kungi javobgar X.Z.Gaibnazarov va uning oila a’zolarini Andijon tuman “Beshbo‘ynoq” MFY “Bodomzor” ko‘chasidagi 140-uydan majburiy tartibda ko‘chirish hamda da’vogar Mavludaxon Bayxanovani ushbu uyga kiritish bo‘yicha ijro hujjati kelib tushgan.

Shu yilning 21 yanvar kuni soat taxminan 18:00 larda Majburiy ijro byurosining Andijon tumani bo‘limi xodimlari sud hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga borishgan. Taraflar o‘rtasida dalolatnoma rasmiylashtirish jarayonida kelib chiqqan kelishmovchilik sababli ijro harakatlari 2020 yilning 22 yanvar kuniga qoldirilgan.

Shundan so‘ng Majburiy ijro byurosi xodimlari va ijro harakati uchun jalb qilingan boshqa shaxslar qayd etilgan manzildan chiqib ketayotgan vaqtda javobgar X.G. o‘ziga benzin sepib, o‘t qo‘yib yuborgan.

Olovni o‘chirish uchun MIB xodimlari uyning hovuzidan chelakda suv olib chiqib, o‘chirishga ko‘maklashadi. Alanga o‘chirilganidan so‘ng fuqaro X.G. byuro xodimlarining yordami bilan Andijon tuman tez tibbiy yordam ko‘rsatish shifoxonasiga olib kelingan.

Ushbu masala yuzasidan ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda tez kunlarda xulosa oydinlashadi.

Matbuot anjumanida shuningdek, boshqarma tomonidan 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili qilinib, 2020 yilda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida ham fikr yuritildi. E’tiborli jihati shundaki, alimentlar undirish jarayonida oilalarni yarashtirish va sog‘lom turmush tarziga qaytarish yuzasidan samarali ishlar qilindi. Natijada 1 ming 439 ta oila yarashtirilib, 793 nafar qarzdor ishga joylashtirildi.

Saminjon HUSANOV
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaro nima uchun o‘zini yoqib yuborgani sabablari o‘rganilmoqda