4 343
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi emblemasi tasdiqlandi
Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
2020 yil 31 yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda jamoat fondi emblemasi tasdiqlandi. Emblema markazida burgut tasvirlangan, uning atrofidagi aylana ichida jamoat fondi nomi yozilgan. Jamoat fondi emblemasida burgutdan foydalanilgani bejiz emas.
«Burgut — kuchli, g‘ururli, ozodlikni sevuvchi, qat’iyatli qush va bu xislatlar mass-media olamini ham ifodalaydi. Burgutning makoni yuksak cho‘qqilar bo‘lib, u yerdan hech bir to‘siqlarsiz butun yon-atrofini kuzatib tura oladi. Jurnalist va blogerlarning asosiy vazifasi ham jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan barcha voqea va hodisalarni sinchkovlik bilan kuzatib borishi hamda xolisona yoritishidir.
Burgut — sadoqatli qush, g‘irromlik va makkorlik unga begona. Bu xislatlar mass-media vakillarining kasb birdamligi, ularning inoqligi va g‘oyalarga sodiqligining timsolidir. Burgutning kuchi esa jamiyatimizda so‘z erkinligini yanada mustahkamlash niyatida bo‘lgan jurnalist va blogerlar hamjamiyatining kuch va g‘ayratini ifodalaydi.
Burgut o‘zining ziyrakligi va qat’iyatligi bilan ham alohida ajralib turadi. U o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi sari dadil harakat qiladi. Mass-media vakillari ham o‘z materiallarida biror masala yoki muammoni yoritganda, ularni oxirigacha hal qilish yo‘lida qat’iyat ko‘rsata olishi kerak», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, yangi tashkil etilgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng sharoit yaratish, ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashishdir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi