Foto: «Uzreport.uz»
«Surxondaryo viloyati tarkibida tashkil etilgan Bandixon tumani hokimligining tashkiliy masalalari hamda 2020—2022 yillarda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi (58-son, 2020 yil 31 yanvar). Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumani hokimligi tashkil etildi.
Qaror bilan davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining Bandixon tumanidagi bo‘linmalari ro‘yxati, tuman hokimligini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi hamda tumanda 2020—2022 yillarda yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangan.
Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish orqali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish hamda xizmatlar turlarini ko‘paytirish ushbu dasturning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, tumanda adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 30 noyabrida Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumanini tashkil etish bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senatning qarorlari qabul qilingan.
Ma’lumot uchun, hukumatning 2010 yil 24 dekabrdagi qarori bilan Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani tugatilib, uning hududi Qiziriq tumaniga birlashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi