
Foto: REUTERS/Kevin Lamarque/Pool
AQSH O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlamoqda, sababi respublika uchun «haqiqiy do‘st» sanaladi. Bu haqda bugun AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi.
Dushanba kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Toshkentda «Markaziy Osiyo - AQSH» («S5+1») shaklidagi vazirlar uchrashuvi oldidan yopiq eshiklar ortida muzokaralar o‘tkazdi.
«Janob Komilov bilan muzokaralarimizdan so‘ng, aloqalarimiz yanada rivoj topishiga amin bo‘ldim. O‘zbekistonning yangi siyosati yangi xorijiy investitsiyalar va ish o‘rinlari yaratishni boshladi. Biz mamlakatdagi ishbilarmonlik muhiti, qonun ustuvorligini yaxshilash, O‘zbekistonning barcha fuqarolari uchun teng iqtisodiy imkoniyatlarni ta’minlash masalalarini muhokama qildik. Biz mamlakatlar o‘rtasida xususiy sarmoyalar oqimi ortishini istaymiz. Bu farovonlik uchun eng muhim qadamdir», - dedi Pompeo jurnalistlarga.
U AQSHning O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shayotgan hissasini qayd etdi. Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yilda Qo‘shma Shtatlar qonun ustuvorligi, ta’lim va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollarga yaqin mablag‘ ajratdi.
Yaqin orada AQSH Moliya vazirligi moliya sektoriga texnik ko‘mak taqdim etishi kutilmoqda. «Bugun shuni e’lon qilishdan mamnunmanki, biz O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish uchun texnik ko‘mak sifatida 1 million ajratilishining tasdiqlanishini kutmoqdamiz. Bu moliya sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha yordam bo‘ladi. Biz buni AQSH O‘zbekistonning haqiqiy do‘sti bo‘lgani uchun qilyapmiz», - deya aytib o‘tdi Pompeo.
Shuningdek, O‘zbekiston Afg‘oniston bilan «tinchlik va farovonlikni saqlashga yordam beradigan» transport aloqalarini yanada rivojlantirish uchun 1 million dollar oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar