
Rossiyaning Nijnevartovsk shahrida o‘zbekistonlik uch fuqaro koronavirusda gumon qilinib tekshirilgani xabar berilgandi.
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi O‘zbekiston fuqarolarining koronavirus gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgani to‘g‘risida OAV xabarini tasdiqladi.
Novosibirsk-Tyumen aviareysida uchgan Xitoy fuqarosida koronavirus aniqlanganidan so‘ng ushbu reysning barcha yo‘lovchilari hamyurtlarimiz bilan kasalxonalarga joylashtirilgan. Bosh konsulxona yurtdoshlarimiz joylashtirilgan tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatdi.
«Shifokorlar bergan ma’lumotga ko‘ra O‘zbekiston fuqarolarining ahvoli qoniqarli va koronavirus simptomlari kuzatilmayapti. Ularning analizlari Tyumen va Novosibirsk tibbiyot muassasalariga yuborilgan, u yerda puxta o‘rganilganidan so‘ng tibbiy xulosa beriladi», —deyiladi TIV xabarida.
O‘zbekistonRossiyaKoronavirusYekaterinburg BoshTibbiyot MuassasasiShifokorlar Ma’lumoti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar