Toshkent viloyatidagi xonadondan ichida 8500 dollar bo‘lgan temir seyfni o‘g‘irlab ketgan shaxslar ushlandi, tergov olib borilmoqda
2020 yil 17 yanvar kunidan 18 yanvar kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Ravot mahallasida yashovchi 61 yoshli R.V.ning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular yotoqxonadan ichida 8 500 AQSH dollari miqdoridagi pullari bo‘lgan temir seyfini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida 1 dona erkaklar bosh kiyimi va 2 dona erkaklar kurtkasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Dastlabki tergov jarayonida bir nafar guvoh o‘z ko‘rsatuvida, hodisa joyida “Vaz-2106” rusumli avtomashina va uning davlat raqamini taxminiy aytib o‘tgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu avtomashinaning egasi Sirdaryo viloyatida yashovchi, 22 yoshli U.S. ekanligi, bundan tashqari, uning yana ikki nafar jinoiy sheriklari 30 yoshli B.S. va 28 yoshli Sh.S. ekanliklari ham aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bo‘ka tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov jarayonida moddiy zarar to‘liq qoplangan. Har bir shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan ayblov e’lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda
“Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz"
Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi