
Quvvatni tejovchi lyuminessent chiroqlarning ichida simob bug‘lari mavjud. Simob zaharliligini bilasiz. Shu sababli ularni uy ichida sinib ketishidan ehtiyot bo‘ling. Aynan simob sababli ham ular ekologik jihatdan xavfli bo‘lib, alohida utilizatsiyani talab qiladi.
Aksariyat holatda atrof-muhitning simob bilan ifloslanishi quvvatni tejovchi chiroqlarning noto‘g‘ri utilizatsiyasi evaziga yuz bermoqda.
Simobli chiroqlardan ko‘chalarni, jamoat joylarini, uylarni va ishlab chiqarish korxonalarini, tibbiyot va ta’lim muassasalarini yoritishda foydalaniladi. Ular nafaqat energiyani tejashi, balki oddiy chiroqqa nisbatan kuchliroq yoritish xususiyatiga egaligi bilan ham mashhur.
O‘zbekistonda simobli lampalarni aholi tomonidan saralab, chiqindixonalarga alohida tashlash amaliyoti mavjud emas. Bu haqda fuqarolarda ma’lumot ham yo‘q. Ishlatilgan lampochkalar chiqindilar bilan aralashib, chiqindi poligonlariga chiqarib tashlanadi va atrof-muhitni zaharlaydi.
Bu muammoni yechish vaqti kelmadimikan?
Quvvatni TejovchiSimobli ChiroqEkologik XavfAholi Ma'lumotAtrof-MuhitUtilizatsiya Amalga O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar