20:12 / 04.02.2020
2 451

Dizel yonilg‘isini yashirincha olib kirish rejasi barbod bo‘ldi

Dizel yonilg‘isini yashirincha olib kirish rejasi barbod bo‘ldi
Dizel yonilg‘isining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxonachilar tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti orqali katta miqdordagi dizel yonilg‘isini yurtimizga olib kirishga bo‘lgan urinishlar o‘z vaqtida bartaraf etildi.

Ya’ni qo‘shni davlatdan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro K.I. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tekshiruv jarayonida, mazkur yuk avtomashinalar yukxonasining tagida qo‘lbola usulda yasalgan xufya joyda, deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 650 litr dizel yonilg‘isi borligi ma’lum bo‘ldi.
Yurtimizga qayta sotish maqsadida olib kelingan mazkur dizel yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dizel yonilg‘isini yashirincha olib kirish rejasi barbod bo‘ldi