21:09 / 04.02.2020
3 850

“Uzatmalar qutisi”da nima yashirilgan edi?

“Uzatmalar qutisi”da nima yashirilgan edi?
Bojxona organlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda “Do‘stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan navbatdagi huquqbuzarlik holati o‘z vaqtida fosh etildi.

Qo‘shni mamlakat hududidan xarakatlanib kelayotgan fuqaro B.A boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda xizmat iti yordamida ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tekshiruv davomida yuk avtomashinasi “uzatmalar qutisi”ning ichki qismiga mohirlik bilan berkitib qo‘yilgan 3,25 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Shuningdek, yana bir holatda, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda “Savay” temir yo‘l chegara bojxona posti kichik inspektor-kinologi va unga biriktirilgan xizmat iti yordamida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro U.A. shartli xaridorga 0,69 gramm “Gashish” giyohvandlik vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Uzatmalar qutisi”da nima yashirilgan edi?