UzAuto Motors kompaniyasi o‘rganishlar mobaynida «Xorazm Avtosavdo» MCHJ dilerlik korxonasi faoliyatida bir qator xato va kamchiliklarga hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligini aniqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, avtosalonda sotuv jarayonlari shaffofligini ta’minlaydigan va avtomobil sotib olayotgan mijozlarga qulay sharoit yaratuvchi tizimli ishlar tashkil qilinmagan.
Avtosalon hamda ta’mirlash uchastkasida xavfsizlik, sanitariya holati belgilangan tartibga mos emas, avtosalon savdo bo‘limi zarur va yetarli darajada xodimlar bilan ta’minlanmagan. Avtomobillarni saqlash va mijozga yetkazib berish bo‘ycha bir qancha kamchiliklar majud bo‘lgan. Sotuv oldi ko‘rigi uchastkasi standart asosida tashkil qilinmaganligi sababli ayrim avtomobillarga umuman bunday ko‘rik amalga oshirilmagan.
Tekshiruv davomida avtosalonning avtomobillar saqlash omborida kamomad borligi, avtomobil ta’mirlash uchastkalarida xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilmagan xodimlar faoliyat yuritayotganligi holatlari aniqlangan.
Natijada «Xorazm Avtosavdo» dilerlik korxonasi rahbari egallab turgan lavozimidan ozod etilib, mavjud kamchilik va xatolarni bartaraf etish yangi rahbar zimmasiga yuklangan.
Kompaniya dilerlik markazlarida shu kabi holatlarni guvohi bo‘lganlardan 78 141 14 14 raqamlari orqali «Ishonch telefoni»ga murojaat qilishi mumkinligini eslatgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi