date
views 4 023

Odam savdosi: Bolamni umuman izlamayman, menga bola kerak emas, pul kerak!

Odam savdosi: Bolamni umuman izlamayman, menga bola kerak emas, pul kerak!
Foto: Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati
Yuqoridagi sarlavhaga ko‘zingiz tushishi bilan “Nima gap ekan?”- degan, savol tug‘ilishi tabiiy albatta. Hayotda shunday insonlar bor-ki, o‘zining farzandlaridan boshqalarning farzandlarini ham o‘z farzandi-dek, voyaga yetkazib, tarbiya qiladigan ayollar ham bor. Yana shunday ayollar borki tirnoqqa zor, ularning yuragini, qalbini farzand ko‘rish dardi azoblaydi. Bunday qalb dardlarini yemirib, faryodiga osmon chiday olmaydigan hayotiy misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin.

Ming afsuski, o‘z qornida to‘qqiz oy ko‘tarib, norasida go‘dak dunyoga kelganida esa uni yer-u ko‘k-ka inonmay, parvarish qilish, kelajagiga umid bilan qarab to‘g‘ri tarbiya berish o‘rniga boqi beg‘am hayotda kayf-u safoga berilgan ayollarimiz ham uchrab turibdi.

Shunday inson(agar “inson” deb atash mumkin bo‘lsa!)lardan biri, o‘zi dunyoga keltirgan farzandini qimmatroq narxga sotish ilinjida, xaridor qidirib, yurganligi to‘g‘risida, ichki ishlar organlari xodimlariga ma’lumot kelib tushadi. Shu ma’lumot asosida, olingan xabarning to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilish uchun Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Tog‘li va chegara hudud Sina tezkor bo‘linmasi tezkor xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borildi.

Natijada, Denov tumanida joriy yilning 21 yanvar kuni soat 18.00da, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Tog‘li va chegara hudud Sina tezkor bo‘linmasi tezkor xodimlari tomonidan kechiktirib bo‘lmas tezkor tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbir davomida, Qashqadaryo viloyati, Dexqonobod tumanida yashovchi, 27 yoshni qarshilagan X.S. qaramog‘idagi 2 yoshu yetti oylik voyaga yetmagan o‘g‘lini mijozga, tumanning “Baxoriston” mahallasi hududida joylashgan oshxonalarning birida 5.000.000 (besh million) so‘mga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir davomida X.S. ismli ayol pullarni olganidan keyin, kelajakda farzandini umuman izlamasligini, unga farzandi kerak emasligini takror va takror ta’kidlaganligiga nima deyish mumkin, u ham inson-ku, uning yuragi, qalbi yig‘lamaydimi!?. U bilan suhbatlashsangiz uning na so‘zida, na yuz ko‘zida afsuslanish alomatlaridan asar ham yo‘qligiga, javob topish mushkul masala...

O‘z farzandini mol bozordagi bir hayvondan ham arzon narxga sotib, olgan pullari evaziga kunini o‘tkazishni maqsad qilgan X.S. ismli “ONAJON”ga nisbatan 2020 yilning 3 fevral kuni Denov tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qo‘shtirnoq ichidagi “Onajon” esa o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lganligi va og‘ir jinoyatni sodir qilganligi uchun qonun oldida javob beradigan bo‘ldi.
Yillar o‘tib, o‘z farzandini sotgan ona o‘z farzandi oldida nima deb, javob berar ekan, uning ko‘ziga qaray olarmikan?

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Odam savdosi: Bolamni umuman izlamayman, menga bola kerak emas, pul kerak!