date
views 2 057

3 yillik qarz 3 kunda undirib berildi

3 yillik qarz 3 kunda undirib berildi
Qashqadaryo viloyatining Nishon tumaniga kelin bo‘lib tushgan Quvasoylik Xamidova Dilnozaxon 2017 yilning dekabr oyida tanishi Norqizilov Elbekni aldab, Quvasoyda sotilayotgan kafeni olib berishini aytib 5350 AQSH dollari miqdoridagi pulni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan.

Haqqini ololmagan E.Norqizilovning murojaatiga asosan tergov bo‘lib, jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 24.12.2019 yilgi hukmi bilan D.Xamidovaga 1 yilu 6 oy ozodlikni cheklash jazosi berilgan va E.Norqizilov foydasiga qaytarilmagan 4050 AQSH dollari qiymatida 38541,2 ming so‘m undirish belgilangan.

Sudning ijro hujjatiga asosan 17.01.2020 yilda Byuroning Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida 29 yanvar kuni D.Xamidovadan 4050 AQSH dollari undirilib, E.Norqizilovga topshirildi.
Shunday qilib, E.Norqizilovning 3 yil davomida undira olmagan puli Byuro xodimlari tomonidan 3 kunda olib berildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 3 yillik qarz 3 kunda undirib berildi