
Uychi tumanida yashovchi M.Yo‘ldoshev oilasi bilan ajrashib ketgan edi. Unga nisbatan 2017 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining qaroriga asosan 2 nafar farzandi uchun aliment undrish belgilangan. M.Yo‘ldoshevga har oyda o‘z muddatida voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment mablag‘ni to‘lab borishi bo‘yicha Byuroning tuman bo‘limi tomonidan ogohlantiriladi.
Biroq, keyingi paytlarda bunga panja orasidan qarab, to‘lovni amalga oshirmay keladi. Oxir-oqibat unga nisbatan qarzdor otaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasi, 1 – qismi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Bundan keyin ham o‘ziga xulosa qilmagan M.Yo‘ldoshev yana aliment to‘lashni paysalga solib keladi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. Aynan surishtiruvlar davomida u bilan olib borilgan tushuntirishlar samara berib, voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment mablag‘ni bir yo‘la to‘lashi orqali jazodan ozod etilishini tushunib yetdi. U farzandlari uchun bir yo‘la 20 mln. so‘mni to‘lab berdi va ijro hujjati amalda tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing