4 fevral kuni taxminan soat 17.00 da Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida “Shifokor” sport kompleksi qarshisida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
“SHACMAN” yuk avtomoili haydovchisi 43 yoshli I.T. 39 yoshli A.A. boshqargan “Yamaha” rusumli motosikl bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida motosikl haydovchisi tan shikastlari bilan tibbiy muassasaga yetkazildi.
Shu kunning o‘zida boshqa yo‘l-transport hodisasi ham ro‘y berdi: motosikl va yengil avtomobil ishtirokidagi kichik to‘qnashuv oqibatida YTH ishtirokchilari baxtiga ularning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetmadi.
Yil sayin poytaxtda motosikllar, moped va skuterlar soni oshib bormoqda. Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi yo‘l harakati ishtirokchilaridan ushbu omilni inobatga olishni, “ko‘r hududlarga” yetarlicha e’tibor qaratishni va burilishlarni (manyovrlarni) yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirishni so‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi