Turli yuqumli kasalliklar viruslari keng tarqalishining oldini olish maqsadida Hududiy sanitariya va epidemiologiya markazlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, «Toshshahartransxizmat» AJ tasarrufidagi avtobus saroylari hamda ularga biriktirilgan shohbekatlarda dezinfeksiya ishlari boshlandi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu sanitariya tadbiri bir hafta davom etadi. Bu muddatda avtosaroylar va ulardagi transport vositalari hamda Toshkentdagi barcha shohbekatlarda dezinfeksiya ishlari bajariladi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dekabrida Xitoyda tarqala boshlagan xavfli yuqumli virus — koronavirus bugungi kunga kelib global miqyosdagi favqulodda holatga aylandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu virus qurbonlari soni 600 nafarga yaqinlashdi.
4-5 fevral kunlari O‘zbekiston Xitoy va Uxandagi fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirdi. Uchta charter reysda (ikkitasi Pekindan va bittasi Uxandan) jami 580 kishi olib kelindi. Ularning aynan qanchasi Uxandan olib kelingani aniq emas. Evakuatsiya qilinganlarning barchasi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida maxsus tayyorlangan sanatoriylarda ikki hafta davomida karantin holatida saqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi