
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boshqarmasi va Qirg‘iziston Respublikasi milliy xavfsizlik Davlat qo‘mitasi xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasini jalb qilgan holda o‘tkazgan o‘zaro hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida katta miqdordagi qalbaki xorijiy valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi.
Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati Ola-buqa tumanida istiqomat qiluvchi, 1987 yilda tug‘ilgan M.N. chegaradan noqonuniy olib kirilgan 200 dona qalbaki 100 AQSH dollari kupyurasini Namangan shahrida xaridorga 9 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.
Ushbu qalbaki 20 ming AQSH dollarining milliy valyutadagi ekvivalenti 190 mln. so‘mdan ziyodni tashkil etadi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida mazkur ishga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar