5 991
Chilonzorda yo‘lning qatnov qismida raqs tushgan o‘zbekistonlik «Van Damm»ga chora ko‘rildi
Joriy yilning 6 fevral kuni «O‘zbekistonlik Van Damm yaqinda uzr so‘rab chiqsa kerak» sarlavhasi ostida tarqalgan videotasvirga IIV munosabat bildirdi. Ushbu videolavhada notanish yigit yo‘lning qatnov qismiga chiqib, raqs tushgani tasvirlangan.
Munosabatda aytilishicha, joriy yilning 2 fevral kuni soat 23:10larda Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro F.M. «Spark» rusumli transport vositasida Chilonzor tumani, TXAY-Bunyodkor ko‘chasi, Chilonzor metrosi chorrahasiga harakatlanib kelgan va tanishlari orasida o‘ziga e’tiborni tortish maqsadida transport vositalari serqatnov ekanligini bila turib, avtomobillar svetoforining qizil chirog‘i yongan vaqtda yo‘lga yugurib chiqqan va yo‘l o‘rtasida turli jamoat tartibini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etgan.
Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan fuqaro F.M. Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 3-batal’on xodimlari tomonidan aniqlanib unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilib, harakatlanish madaniyatiga amal qilishni so‘raydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”