date
views 7 124

Qashqadaryo hokimi Tojikiston bilan chegaradosh qishloqda bir kecha tunab qoldi (foto)

Qashqadaryo hokimi Tojikiston bilan chegaradosh qishloqda bir kecha tunab qoldi (foto)
Qashqadaryo viloyat hokimi Zoir Mirzayev Tojikiston bilan chegaradosh Sarchashma qishlog‘i (Shahrisabz tumani)da tunab qoldi.

Hokim qishloqqa sektor rahbarlari tomonidan tashkillashtirilgan hududlar kesimidagi sayyor qabul doirasida tashrif buyurgan va qishloq yoshlari bilan uchrashgan.


Elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalar shu kunning o‘zida hal etildi, - dedi viloyat hokimi – Yo‘llarni, qishloqda yagona bo‘lgan bog‘cha va shifoxonani ta’mirlash, dehqonchilik qilish uchun ariqlar orqali reja asosida qishloqni suv bilan ta’minlash kabi masalalar joriy yilda bartaraf etiladi”, deydi viloyat hokimi.

Tashrif chog‘ida “Sarchashma” qishlog‘ida va’da qilingan kutubxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi deb xabar qiladi Nasafmews nashri.


Shunigdek, qishloqda yagona bo‘lgan 57-maktab o‘quvchilariga musiqa asboblari topshirilib, 60 nafar kam ta’minlangan oila farzandlariga kiyim-kechaklar sovg‘a qilingan.

Aholi bilan hokim o‘rtasida samimiy muloqot qurilib, ular Zoyir Mirzayev bilan selfiga ham tushishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryo hokimi Tojikiston bilan chegaradosh qishloqda bir kecha tunab qoldi (foto)