Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Nasdaq Unique Finance Uzb moliyaviy piramidasi to‘g‘risida ogohlantirdi.
Aniqlanishicha, bir nechta fuqaro agentlikdan uning logotipi va materiallaridan foydalangan holda faoliyat yuritayotgan telegram-kanal Unique Finance Nasdaq hamda telegram-guruh Nasdaq Unique Finance Uzb faoliyatiga baho berishini so‘ragan.
Ta’kidlanishicha, kanal va guruh egalari Unique.Finance platformasi orqali yirik xalqaro kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlariga sarmoya kiritish uchun aholining mablag‘larini jalb qiladi.
"Ular barqaror va yuqori daromadni, shuningdek, yangi a’zolarni jalb qilish uchun qo‘shimcha mukofotlar va bonuslarni kafolatlaydi", - deyiladi xabarda.
Masalan, $5000 miqdoridagi boshlang‘ich badalni to‘laydigan uch nafar yangi a’zoni olib kelgan eski a’zoga $1000 miqdoridagi bir martalik mukofot hamda har bir yangi ishtirokchining potensial daromadlarining 5 %i miqdorida bonuslar va’da qilinadi.
O‘z a’zolari ishonchiga kirish uchun kanalda moliya bozorlari to‘g‘risidagi materiallar, ma’lumotlar joylab boriladi.
“Sizga minimal miqdordagi ($ 5000) badalni to‘lab, sayt ro‘yxatidan o‘tganingizdan keyin qaysidir kompaniyalarning aksiyalarini sotib olganingiz to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Biroq bu aksiyalar soxta bo‘ladi”, - deyiladi agentlik xabarida.
O‘rganishlar davomida agentlik yuqoridagi kanal, guruh va sayt ishida moliyaviy piramidaning bir qator belgilarini aniqladi. Unique.Finance sayti qator mamlakatlar regulyatorlari tomonidan moliyaviy piramida ro‘yxatiga kiritilganligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, sayt operatsiyalarni amalga oshirmaydi, ammo aksiyalar paketi va savdolar jarayoniga taqlid qiladi.
"Fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlash va fuqarolarga mulkiy zarar yetkazilishining mumkin bo‘lgan namoyon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Agentlik yuqorida ko‘rsatilgan manbalardan materiallarni respublika huquqni muhofaza qilish organlariga ko‘rib chiqish uchun yubordi", deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi