
Mamlakatimizda byuro idoralari o‘z faoliyatini boshlagan davrdan buyon joylarda energiya resurslaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinish ahvoli, shuningdek noqonuniy ulanish va foydalanish uchun javobgarlik masalalari to‘g‘risida profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lishiga qaramasdan ayrim tadbirkorlik sub’ektlari bundan o‘zlariga to‘g‘ri xulosa chiqarmayotganligi achinarlidir.
Byuroning Urganch tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda tumandagi “Yuqoribog‘” qishlog‘ida joylashgan oilaviy korxonaga qarashli ko‘pchilikka tanish bo‘lgan choyxonada elektr energiyasiga noqonuniy ulanib foydalanilayotganlik holati fosh etildi.
Qizig‘i shundaki, choyxona rahbari R.Raxmonov umumiy ovqatlanish korxonasiga hisoblagich o‘rnatgan bo‘lsada, ushbu elektr hisoblagich dasturga kiritilmaganligi, ta’minotchi korxona bilan shartnoma tuzilmaganligi va o‘zboshimchalik bilan ulanib foydalanib kelinayotganligi aniqlangan.
Surishtiruv harakatlari davomida R.Raxmonov tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasiga 8,3 mln. so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlanib, to‘liq undirilishi ta’minlandi.
Energiya ResurslariNoqonuniy FoydalanishUrganch TumaniChoyxona RahbariProfilaktik TadbirlarTadbirkorlik Sub’ektlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar