«Mikrokreditbank» boshqaruviga yangi rais etib tayinlandi

Foto: Markaziy bank
Orif Bo‘tayev «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.
O.Bo‘tayev shu kungacha «O‘zsanoatqurilishbank» ATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Orif Bo‘tayev 1983 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini – «Bank ishi», 2012 yilda Bank-moliya akademiyasining magistratura bo‘limini –«Investitsiyalarni boshqarish» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, Murodilla Eshmatov 2019 yil oktabr oyi oxiridan beri «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Orif Bo‘tayev «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.
O.Bo‘tayev shu kungacha «O‘zsanoatqurilishbank» ATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Orif Bo‘tayev 1983 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini – «Bank ishi», 2012 yilda Bank-moliya akademiyasining magistratura bo‘limini –«Investitsiyalarni boshqarish» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, Murodilla Eshmatov 2019 yil oktabr oyi oxiridan beri «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…