00:02 / 12.02.2020
19 096

Xorijda or-nomusini sotayotgan o‘zbek qizlari qo‘lga olindi (video)

Xorijda or-nomusini sotayotgan o‘zbek qizlari qo‘lga olindi (video)
Toshkent aeroportida Rossiyaga uchib ketayotgan Nargiza ismli qiz IIB xodimiga murojaat qildi. Aytishicha, Xolida ismli qiz, uning pasportini olib qo‘yib, xorijga aldab yuborayotganini va o‘ziga yordam berishini so‘raydi. Bu haqda "Qonun doirasida" ko‘rsatuvida xabar berildi.

Shundan so‘ng, IIB xodimi bu haqda navbatchilik qismiga xabar bergan. Tezkor guruh chaqirtirilib, Nargizani Rossiyaga yuborayotgan ayolni ushlash bo‘yicha chora-tadbir ko‘rildi. Natijada, shubhali ayol ushlangan.

Aniqlanishicha, haqiqatdan ham Xolida ismli ayol Nargizani Rossiyaga fohishalik qilish uchun yuborayotgan bo‘ladi. U yerda esa yuborilayotgan qizlarni Shahlo ismli qiz kutib oladi va qizlar fohishalik qilishga majburlanadi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu to‘da kirdikorlari fosh bo‘ldi va odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoyatchilar qo‘lga tushdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijda or-nomusini sotayotgan o‘zbek qizlari qo‘lga olindi (video)