2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.
2020 yil 1 iyulga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- viloyat va tuman hokimlari o‘z dasturlari va ularning ijrosi to‘g‘risida xalq deputatlari viloyat kengashlarida hisobot berishini nazarda tutuvchi tizimni joriy qilish;
- mahalliy kengashlarga vazirlik va idoralar hududiy tuzilmalari rahbarlarining o‘z lavozimiga loyiqligi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga taklif kiritish vakolatini berish;
- mahalliy vakillik organlari faoliyatida Kengash so‘rovi institutini joriy qilish;
- mahalliy kengashlarning doimiy asosda ishlaydigan kotibiyatni tashkil etish;
- viloyatlar va tumanlar hokimlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni tegishincha Senat va mahalliy kengashlarda muhokamadan o‘tkazish va himoya qilish amaliyotini joriy qilish;
- konsepsiya, strategiya va boshqa qarorlardagi indikatorlar va maqsadli parametrlar ijrosi bo‘yicha hokimlar ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikka muntazam axborot berishi;
- mahalliy kengashlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar - Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari, Adliya vazirligi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi