Joriy yilning 11 fevral kuni Jizzax shahridagi maktab binosida yong‘in kelib chiqdi. FVV tomonidan ma’lum qilinishicha, yong‘in bartaraf etilgan.
Shu kuni, soat 12:02da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi 7 daqiqada voqea joyiga yetib bordi va qisqa muddatda yong‘in bartaraf etildi.
Yong‘in natijasida bir nechta parta va yumshoq mebel (divan) yonib zararlangan. Hodisa yuzasidan jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Yong‘in sababi va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi