11:57 / 13.02.2020
4 373

Ahmadboyning jiyani prokurorlarni «100 mlrd so‘m pulni yo‘q qilish»da aybladi (video)

Ahmadboyning jiyani prokurorlarni «100 mlrd so‘m pulni yo‘q qilish»da aybladi (video)
12 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudida «Ahmadboy ishi» bo‘yicha to‘rtinchi ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sudlanuvchilar orasida bo‘lgan Ahmadboyning jiyani — Murodjon Tursunboyev muzokara so‘z navbatini olganda o‘sha yerda ishlaganidan pushaymonligini bildirdi. U, shuningdek, ayrim holatlardan norozi ekanini yashirmadi.

«Prokuror janoblari zararni solidar tartibda qoplashni aytdi. Hurmatli prokuror, kamida 100 milliard so‘m pulni hamkasblaringiz yo‘q qilib yuborgan. Buni xalqqa kim to‘laydi? Yana bu amakimni bo‘yniga ilinib ketyapti. Men-ku, mayli, 5 yilda chiqib kelarman. Chunki aybsizligimni hamma biladi. Lekin kim to‘laydi? Shularni ham e’tiborga oling, o‘sha pullarni o‘g‘irlaganlar ham to‘lab yuborsin», — deya muzokara so‘zini bildirdi u.

«Gazeta.uz»ning yozishicha, Murodjon so‘z boshlaganda sud qamog‘ida bo‘lgan Ahmadboy va boshqalar uni imo-ishoralar bilan to‘xtatishga harakat qilgan. Oxiri Ahmadboy sud zalida o‘tirganlarga eshitarli qilib, «jim» deya qat’iy ta’kidlagan. Shundan so‘ng Murodjon so‘zdan qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Ahmadboy (Ahmadjon Tursunboyev) 2016 yil iyunida qo‘lga olingan edi. Qo‘lga olingan kuni uning va yaqin qarindoshlarining uy-joylari va ularga tegishli korxonalarda 13,1 milliard so‘m va 7,9 million dollar miqdoridagi mablag‘ borligi aniqlanib, bu pullar daliliy ashyo sifatida olingani ma’lum qilingan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ahmadboyning jiyani prokurorlarni «100 mlrd so‘m pulni yo‘q qilish»da aybladi (video)