15:09 / 13.02.2020
3 875

Ukasiga noqonuniy “Nikoh” o‘kigan shaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Ukasiga noqonuniy “Nikoh” o‘kigan shaxs ma’muriy qamoqqa olindi
Oila, oilaviy munosabatlarni asrash xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Jamiyatning muhim bo‘g‘ini, kuchli va barqaror davlat negizi–oila institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizning ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligi bejiz emas.

Ma’lumki, mamlakat hayotida yuz beradigan har qanday o‘zgarishlar, islohotlarning amaliy ta’siri va ifodasi oilada yaqqol namoyon bo‘ladi. Oilalardagi totuvlik, farovonlik, tinchlik, xotirjamlik mahalla, mamlakat osoyishtaligi, hamjihatlikni ta’minlaydi. O‘z ertasi, taqdiri haqida qayg‘uradigan davlat va jamiyat borki, oilalarni muhofaza qilishga, tashkiliy-huquqiy, institutsional asoslarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratadi.

Oilaning mustahkam bo‘lishi nafaqat er-xotinga, balqi oiladagi har bir shaxsga bog‘liq. Jamiyat taraqqiyotida dinning o‘rni muhimdir. Lekin shunday insonlar borki, diniy bilimlarni yaxshi bilishlik bilan oila muqaddasligini esdan chiqarib ham qo‘yishadi. Yunusov Murodiljon ham mana shundaylardan biri.

Ukasi X.Yusupov bilan kelini G.Yusupovalar qonuniy nikohdan o‘tishgan, turmushlari davomida 1 nafar farzandli bo‘lishgan, lekin oilaviy kelishmovchiliklar sabab, bir necha yildan buyon er-xotin birga yashamayotgan edi. Akasi M.Yusupov diniy bilimlardan yaxshi xabardorligi sababli, o‘z ukasini boshqa bir ayolga hech qanday ruxsatnomasiz shar’iy nikohlab huquqbuzarlik sodir etgan.

Fuqaro G.Yusupova bundan xabar topib, tuman IIB bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasi tegishli tartibda o‘rganilib, ma’muriy material ma’muriy sudga yuborilgan, sudda huquqbuzar M.Yusupov O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Farg‘ona viloyat ma’muriy sudining sudyasi: O‘.Po‘latov

Quva tuman ma’muriy sudining raisi: A.Jumayev

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ukasiga noqonuniy “Nikoh” o‘kigan shaxs ma’muriy qamoqqa olindi