19:53 / 13.02.2020
3 250

"Menam jamoatchilik joyida ko‘p narsalar qilgim keladi..."

"Menam jamoatchilik joyida ko‘p narsalar qilgim keladi..."
Jamoatchilik joyda o‘ynagan “Van Dam”ning raqsi men ko‘p guvohi bo‘ladigan ba’zi holatlardan ancha pesh. Nega jazolashdi tushunmadim.
Menam jamoatchilik joyida ko‘p narsalar qilgim keladi.

Masalan qopqora, necha million so‘mga olingan bir xil nomerli mashinada qora ochki taqqan “qimmat” yigit shundoq mashina oynasidan qo‘lidagi kolani idishini namoyishkorona yo‘lga otib yubordi. Men shu zahoti to‘xtab uning mashinasining ballonlarini mix bilan teshib, yana kamiga chizib-chizib tashlagim keladi.

Jamoat joyda avtobusda ketayapmiz, oldimda o‘tirgan bolakay onasidan savol so‘rayapti. Ona esa telefonga termulib o‘g‘lini jerkib tashlayapti, shundoq bolaning qo‘lidan ushlab o‘g‘irlab qochib ketgim keladi. Keyin taksida onasi halloslab meni quvsa, mazza qivorardim.

Jamoat joyda bir ayol qaynonayu qaynotasini, erini hammaga eshittirib g‘iybat qilayapti, uyining sirini ko‘chaga begonalargacha bildirayapti, shartta qo‘lidan telefonni olib ko‘chaga, iloji bo‘lsa ariqqa otvorgim keladi.

Jamoat joyda tuppa-tuzuk olifta yigit oyog‘ini ostiga tuflab ketdi, shundoq to‘xtab bir siqim tuproqni, loynimi, toshnimi, kesaknimi olib yotqizib og‘ziga shuvab tashlagim keladi.

Jamoat joyda olifta bo‘yanib olgan madaniyatli madam nonlarni uzun tirnoqlari bo‘yangan qo‘li bilan ushlayapti, qo‘llariga pashsha o‘ldirgich bilan uriiib, uriiiib tashlagim keladi.

Jamoat joyda mashinalar tirbandligida mashina haydayotgan xo‘jayinim asabiylashib so‘kingan yoki baqirib chaqirgan (shaxsi noma’lum) paytida shartta skotchni olib og‘zini skotchlab tashagim keladi...
Lekin men unday qilolmayman. Mo‘mingina, qobilgina bo‘lib yurishga majburman...

Barno_Sultonova telegram kanalidan olindi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Menam jamoatchilik joyida ko‘p narsalar qilgim keladi..."