19:09 / 14.02.2020
3 566

Yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllari takomilashtiriladi

Yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllari takomilashtiriladi
Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda 2020 yilning 13 fevral kuni “Fuqarolik qonunchiligida yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi F–5464-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Tashkil etilgan davra suhbati Fuqarolik kodeksining yuridik shaxslar tashkiliy-huquqiy shakllari bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi qismlariga taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarni muhokama qilish maqsadida o‘tkazilgan bo‘lib, unda Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, TDYUU professor o‘qituvchilari, shuningdek Germaniyadan tashrif buyurgan fuqarolik huquqi sohasidagi xalqaro ekspert Xaynrix Shnitger quyidagi mavzularda ma’ruza qildilar:
- “Fuqarolik qonunchiligining yuridik shaxslar bilan bog‘liq sohasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va taklif qilinayotgan yangiliklar”;
- “Yuridik shaxslar tashkiliy-huquqiy shakllarini optimallashtirish”;
- “Fuqarolik qonunchiligining nodavlat notijorat tashkilotlar sohasini yangilash va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari”.

Tadbir davomida ma’ruzalarda ko‘tarilgan masalalar muhokama qilinib, ular yuzasidan bir qancha takliflar berildi. Xususan, ommaviy huquq yuridik shaxslari va xususiy huquq yuridik shaxslari tushunchalarini kiritish, yuridik shaxslar tashkiliy-huquqiy shakllari turlarini kamaytirish taklif qilindi.
Fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllari takomilashtiriladi