5 701
Saida Mirziyoyeva Ivanka Tramp va Kristalina Georgiyeva bilan suhbati tafsilotini ma’lum qildi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tayotgan Xalqaro ayollar forumida AQSH prezidenti maslahatchisi Ivanka Tramp va Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva bilan ko‘rishgani haqida xabar qilingan edi. Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ushbu uchrashuv tafsilotlarini ma’lum qildi.
«Dubayda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro ayollar Forumi ochilishi oldidan Jahon banki prezidenti Devid Malpass bilan suhbatlashib qoldik. U meni Ivanka Tramp bilan tanishtirdi.
⠀
Tanishuv chog‘ida Ivankaning yonida turgan Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva suhbatga qo‘shildi va O‘zbekiston Prezidentiga hurmati baland ekanini izhor qildi.
⠀
Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum Hazrati Oliylari va Manal bint Muhammad bin Rashid Al Maktum Zoti Oliyalariga taklif uchun minnatdorlik bildiraman», — deya yozadi Saida Mirziyoyeva.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)