12:20 / 17.02.2020
3 097

Targ‘ibot-tashviqot ishlari muhim ahamiyatga ega

Targ‘ibot-tashviqot ishlari muhim ahamiyatga ega
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining topshirig‘iga asosan Bo‘stonliq va Bo‘ka tumanlarida chorvachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan fermerlar uchun uchrashuv tashkil qilindi.

Unda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbari, mas’ul xodimlari, tuman davlat soliq inspeksiyasi mas’ullari, veterinariya mutaxassislari hamda chorvachilik xo‘jaliklari rahbar va mutaxassislari ishtirok etdilar.

Ta’kidlash kerakki, Bo‘stonliq va Bo‘ka tumanlarida zotli qoramol yetishtirish, chorvachilikni yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur soha bo‘yicha fermer xo‘jaliklariga soliq xizmati organi xodimlari tomonidan qonunchilikda joriy etilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Tadbirda chorvachilik fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish, sun’iy urug‘lantirish ishlarini jadal olib borish hamda ozuqa ekin maydonlaridan unumli foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

- Viloyatda chorvachilikni rivojlantirishga e’tibor qaratilishi, kreditlar ajratilishi soliq sohasida berilayotgan imtiyozlar biz fermerlarga katta imkoniyat yaratmoqda, – deydi, Bo‘stonliq tumani “Ramazon” fermer xo‘jaligi rahbari Ibrohim Sobirov hamda Bo‘ka tumani Doniyor-TAD xususiy chorvachilik fermer xo‘jaligi hisobchisi Alisher Rahimjonov.

Uchrashuvda 50 yaqin fermerlar ishtirok etib, faol fermerlarga soliq tizimi rahbariyatining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Targ‘ibot-tashviqot ishlari muhim ahamiyatga ega