
Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati saf bo‘linmalari joriy yilning 15 yanvardan 15 fevral kuniga qadar viloyatning 22 shahar-tumanlarida o‘tkazilgan «Tig‘» tadbirlarini o‘tkazdi.
Ushbu tadbirlarda jami 714 dona har-xil turdagi sovuq qurollar hamda hayot va sog‘liq uchun xavfli boshqa buyumlar aniqlanib, dalolatnoma asosida olingan.
O‘tkir tig‘li jismlarning 10 foizini voyaga yetmagan maktab va kollej, litsey o‘quvchilari o‘zi bilan olib yurganligi aniqlangan. Ulardan 100ga yaqin pichoqlar va kastetlar, shuningdek, boshqa turdagi tig‘li predmetlardir.
«Tadbirlar, odamlar gavjum bo‘lgan bozor va savdo markazlari, ta’lim muassasalari hamda ko‘cha va boshqa jamoat joylarida, sovuq quroldan hayot va sog‘liq uchun xavfli boshqa buyumlardan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish maqsadida, o‘tkazildi»-, deyiladi Toshkent viloyati IIBB xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing